Moskva-Dushanbe samolyoti majburan Toshkent aeroportiga qo‘ndi
- 04.11.2019 14:20
- 272
- Xorij
Moskvadan Dushanbega U62427 reysini amalga oshirayotgan “Uralskiye avialinii” aviakompaniyasining A320 samolyoti, Dushanbe aeroportida kuzatilayotgan noqulay ob–havo sharoiti tufayli Toshkent aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda bugun ertalab Toshkent aeroporti vakili xabar berdi.
“Moskvadan Dushanbega reys amalga oshirayotgan “Uralskiye avialinii” aviakompaniyasining A320 havo kemasi, Toshkent vaqti bilan soat 06:10 da O‘zbekiston poytaxti aeroportiga qo‘ndi. Sababi, Dushanbe aeroportida kuzatilayotgan noqulay ob–havo sharoiti” – deyiladi xabarda. Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da Dushanbega yetib borishi kerak edi.
Birozdan so‘ng aeroport vakili, Moskva–Dushanbe U62427 reysini amalga oshirayotgan A320 samolyoti Toshkent vaqti bilan 10:45 da, ko‘rsatilgan manzilga (Dushanbega) uchib ketganligi haqida xabar berdi.