Afg‘onistonda yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi

Bugun, 27 yanvar kuni “Afghan Airlines” kompaniyasining yo‘lovchi samolyoti G‘azna viloyatida halokatga uchradi. Bu haqda “Ariana News” agentligi xabar qildi.

G‘azna viloyati hokimi vakilining aytishicha, samolyot Dix-Yak tumanida qulab tushgan.

“TOLOnews” telekanalining xabar berishicha, samolyot bortida 83 kishi bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Samolyot Hirot shahridan Qobulga uchayotgan bo‘lgan.

“TASS” xabariga ko‘ra, Afg‘oniston “Afghan Airlines” davlat aviakompaniyasi ushbu xabarni rad etdi.