Afg‘onistonda suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar soni oshmoqda
- 12.05.2024 11:46
- 82
- Xorij
10 may kuni kuzatilgan kuchli yomg‘ir tufayli halokatli suv toshqinlari yuzaga kelgan. Tabiiy ofat oqibatida minglab uylar vayron bo‘lgan.
Xalqaro migratsiya tashkilotining "Agence France-Presse"ga bergan ma’lumotida qurbonlar soni 200 ga yetgani aytilgan. Toshqinlar davom etishi bilan halok bo‘lganlar soni ham oshishi ma’lum qilingan.
“Tolibon” hukumati bosh matbuot kotibi ham “yuzlab odamlar bu dahshatli suv toshqini tufayli halok bo‘lgani, ko‘pchilik jarohat olgani” ni ma’lum qilgan.
Mamlakatning Bag‘lon, Badaxshon, markaziy G‘or va g‘arbiy Hirot viloyatlari jiddiy zarar ko‘rgan.
Toshqinlar sabab Badaxshonning 20 ming aholi yashaydigan Tishkan tumaniga kirish yo‘li to‘silib qolgan. Qutqaruv guruhlari ishlayotgani aytilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ta’lim falsafasi
- 47 daqiqa avval
- Ta’lim
Nikoh shartnomasiga kelinlar ko‘proq qarshilik qiladi
- 51 daqiqa avval
- Jamiyat
“Dinamo” mavsumga tayyormi?
- 56 daqiqa avval
- Sport
Stipendiya joriy etilgan maktab
- 59 daqiqa avval
- Ta’lim
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qamrov oshdimi?
- 1 soat avval
- Ta’lim