O‘zbekistondan afg‘on xalqiga 185 tonnadan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi
- 19.04.2023 16:59
- 17
- O‘zbekiston

Prezidentimizning topshirig‘iga asosan, navbatdagi insonparvarlik yuklari karvoni "Hayraton" chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatning Balx viloyati shimolidagi Hayraton shahriga yetkazildi.
Insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bug‘doy, 15,7 tonna o‘simlik yog‘i, 10 ming 20 dona konservalangan go‘sht mahsulotlari (tushyonka), 22 tonna makaron, 24 tonna shakar hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan lapsha (Hot lanch) o‘rin olgan.
Shu munosabat bilan Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududida ikki tomon rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan afg‘onistonlik rasmiylar Muborak Ramazon oyida ko‘rsatilayotgan bu kabi amaliy yordam uchun O‘zbekiston xalqiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
OTMda tahsil olayotgan talaba nega repetitorga boryapti?
- 54 daqiqa avval
- Ta’lim
So‘zi va ishi bir saxiy inson
- 57 daqiqa avval
- Mutolaa
Adab ilmida benazir inson
- 3 soat avval
- Mutolaa
Sport maktablariga qabul jarayonlari o‘zgardi(mi?)
- 3 soat avval
- Sport
Keksalar yugurishda yoshlarga o‘rnak bo‘ldi
- 3 soat avval
- Sport