Afg‘onistonning Badaxshon shahrida portlash oqibatida 13 kishi, jumladan Tolibon qo‘mondoni halok bo‘ldi
- 08.06.2023 17:24
- 131
- Xorij
Afg‘onistonning Badaxshon viloyatining Fayzobod shahridagi masjidda portlash sodir bo‘ldi. Portlash oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, ular orasida Tolibon harakati qo‘mondoni Safiulloh Yaftali ham bor.
Aamaj News axborot agentligining xabar berishicha, portlash Tolibonning Badaxshon viloyati gubernatori o‘rinbosari Nisor Ahmad Ahmadiyni xotirlash marosimida bo‘lgan.
Yaqin-yaqingacha Bag‘lon viloyatida Tolibon xavfsizligi boshlig‘i bo‘lgan Yaftali bilan Qori Ehsonulloh masjidi imomi va boshqa taniqli oqsoqollar o‘ldirilgan.
Hozircha mamlakatda faoliyat yuritayotgan hech bir qurolli guruh bugungi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Bugun, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Bugun, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa