Sergelidagi yong‘in 15 ming kv.m maydonni qamrab olgan

FVV axborot xizmati xabar berishicha, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 02:48 da yong‘inga yetib borib, tezkor harakatlar natijasida, soat 05:02 da yong‘in qurshab olingan va soat 10:47 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘inni bartaraf etish ishlariga, FVV va boshqa tegishli tashkilotlardan jami 210 ta texnika va 2000 dan ortiq shaxsiy tarkib jalb qilindi. Dastlabki o‘rganish ishlariga ko‘ra 15 ming kv.m omborxona maydonida yong‘in o‘chirilib, 30 ming kv.m maydoni saqlab qolindi.

Vaziyat to‘liq nazoratga olinib, hozirda uning oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan dastlabki tergovga qadar surishtiruv ishlari va moddiy zarar miqdorini aniqlash ishlari Toshkent shahar Prokuraturasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan hamkorlikda olib borilmoqda.