Gonkongda yirik yong‘in: yettita turar-joy binosi yonib ketdi
- 27.11.2025 09:50
- 17
- Xorij
Gonkongning Tay Po tumanidagi «Van Fuk Kort» yuqori qavatli turar-joy majmuasida katta yong‘in chiqdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 44 kishi halok bo‘lgan, 279 nafar aholi bedarak yo‘qolgan. Halok bo‘lganlar orasida bir o‘t o‘chiruvchi ham bor. 29 kishi shifoxonaga yotqizilgan, ulardan yetti nafari og‘ir ahvolda.
Yong‘in 26 noyabr kuni tushdan keyin boshlangan. Dastlab to‘rtta bino yonayotgani aytilgan, ammo keyinchalik olov yettita uyni qamrab olgan. Yong‘in to‘liq o‘chirilmagan. Ba’zi aholi kecha tunda ham yong‘in ichida qolgan.
Yong‘in sababi hali aniq emas.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Avliyo emas, astronom edi
- 15 daqiqa avval
- Ta’lim
Endi olam ahlining qarashlari o‘zgacha
- 1 soat avval
- Mutolaa
Ko‘ngilga borar yo‘llar...
- Kecha, 21:10
- Madaniyat