Kattaqo‘rg‘on tumanida FVB tashabbusi bilan tanqidiy muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
- 06.11.2024 16:33
- 20
- Samarqand
Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligida o‘tgan yig‘ilishda 2023-2024 yillarda tumanda yong‘inlar, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va is gazidan zaharlanish holatlari bo‘yicha vaziyat qoniqarsiz, deb topilgani aytildi.
Xususan, 2023-2024 yillarda tumanda jami 115 ta yong‘in qayd etilib, ularda 1 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 2 nafari jarohatlangan. Yong‘inlardan ko‘rilgan moddiy zarar miqdori 2 milliard so‘m atrofida.
Bundan tashqari, fuqarolarning is gazidan zaharlanishi bilan bog‘liq noxush holatlar 2 tani va havo-gaz aralamasining chaqnashi holati 5 tani tashkil qilgan.
Tuman mas’ullari ogohlikka chaqirilib, vaziyatni yaxshilash yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Bank tizimi korrupsiyadan xolimi?
- Bugun, 17:13
- Samarqand
Ozarbayjon NNTlari - Samarqandda
- Bugun, 14:09
- Samarqand