"OASIS" restoranida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha ma’lumot berildi

Samarqand shahar hokimligi yonida joylashgan "OASIS" restoranida yong‘in sodir bo‘ldi.

Viloyat FVB axborot xizmati xabar berishicha, 9 yanvar kuni soat 14:35 da Samarqand shahar A.Jomiy ko‘chasida joylashgan “Oasis Garden bog‘ishamol” MChJ binosida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida binoning taxminan 50 kv.m. maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan.

Tezkor harakatlar natijasida binoning 400 kv.m maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.