Neft arzonlashmoqda, O‘zbekistonda benzin narxi tushadimi?

O‘tgan hafta oxirida brent tipidagi neft kotirovkalari 69 dollargacha arzonlashgan.
Yil boshidan neft kotirovkalari o‘rtacha 12 foizga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 23 foizga pasaygan. Shimolliklarning Urals markali nefti 2 yillik minimumlarda sotilmoqda (bizga asosan shu neftdan bo‘lgan benzin import qilinadi).
Butun dunyoda neft arzonlashganda nega bizda benzin arzonlashmaydi, degan haqli so‘rov negadir O‘zbekistonda yangramaydi. Iqtisodiy qaror qabul qiluvchilarning kun tartibida ham bu masala yo‘q.
Balki hamma biladi: Yoqilg‘i-energetika tizimini tili va cho‘ntagi bir oligarxlar va monopolistlar egallab olgan. Erkin bozor va iste’molchiga qarshi barcha sun’iy va ma’muriy to‘siqlar qo‘yilgan.
Sun’iy defitsit va qimmat yoqilg‘i orqali sug‘urib olinayotgani renta aholining to‘lov qobiliyatini pasaytirayotgani, ichki va tashqi bozorda o‘zbek tovarlarining raqobatbardoshliligini o‘ldirayotgani tufayli yo‘qotishlar bilan solishtirilmaydi. Kimningdir cho‘ntagiga 100 million dollar tushishi uchun O‘zbekiston iqtisodiyotiga necha milliard dollar ziyon keltirilayotgani haqida o‘ylash boshlangan kuni bu masalada o‘zgarishlar boshlanadi.
Otabek Bakirov.