Nega tishlar ko‘proq qish kunlari bezovta qiladi?
Qish faslida odam organizmi nafaqat avitaminoz, balki, quyosh nuri yetishmovchiligidan va sovuq havodan ham aziyat chekadi. Shu sababli ko‘pchiligimizda nafas oladigan sovuq havo tufayli tishlarimizda sezuvchanlik oshib ketadi. Albatta bu uchraydigan yagona muammo emas. Hozir quyidagi muammolar sababi hamda yechimini ko‘rib o‘tamiz.
Ftor saqlovchi tish pastalaridan foydalaning
Agar tishlaringizda sovuq tufayli sezuvchanligi oshib ketgan bo‘lsa, tibbiyot dorixonalaridan maxsus sezuvchi tishlar uchun tish pastalarini so‘rang. Ularning tarkibida ko‘p miqdorda ftor saqlanib, emalni mustahkamlaydi va sezuvchanlikni pasaytiradi.
Iliq ichimliklardan iching
Sovuq ichimliklarni sovuq havoda iste’mol qilishingiz, tishingizning emal qavatida mikroyoriqchalarni paydo qilishi mumkin. Bu esa sizning sog‘lom tabassumingizni buzishi mumkin.
Burun orqali nafas oling
Burun orqali nafas olish tishlaringiz himoyasini ta’minlaydi. Jismoniy mashq vaqti, yani ertalabki yugurishda burun orqali nafas olib og‘izdan chiqarishingiz organizm, aynan tishlaringiz uchun foydalidir.
Shirinliklardan voz keching
Shirinlik tarkibidagi uglevod sog‘lom tishlarning dushmani hisoblanadi. Bu uglevodlarning sut kislotasigacha parchalanib, tish emal qavatini yemiradi hamda uning sezuvchanligini orttiradi. Agar shirinlikni xush ko‘rsangiz har safar shirinlik iste’mol qilganingizdan keyin tish yuvishni unutmang.
Tish cho‘tkalarini tez-tez almashtirib turing
Qish faslida viruslar faqat havo tomchi emas, balki, tish cho‘tkalari orqali ham tarqaladi. Shu sababli ularini har foydalanganingizdan keyin yuving va tish cho‘tkangizni 2 oyda bir marotaba almashtirishingiz o‘rinli hisoblanadi.
Sherbek IBADILLAYEV, Samarqand Davlat Tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti talabasi.