Hafta davomida anomal sovuq saqlanib turadi
- 04.01.2021 17:00
- 418
- O‘zbekiston

Mamlakatimiz bo‘ylab ob-havo sharoitini markazi Sibir hududlari ustida joylashgan sovuq antitsiklon periferiyasi belgilamoqda.
Yangi yilning birinchi ish haftasi davomida juda yuqori bosimli maydon anomal sovuq ob-havoni keltiradi, deb xabar berdi "O‘zgidromet".
Ma’lum qilinishicha, kechalari sovuq 5-10 darajagacha, shimolda va cho‘l hududlarida 12-17 darajagacha ko‘tariladi. Hafta oxirigacha esa kunduz kunlari havo harorati 0-5 daraja sovuqdan oshmaydi.
Hafta davomida havo harorati o‘rtacha yillik qiymatlardan 8-10 darajaga past bo‘ladi.
Respublikaning ba’zi joylarida tuman kuzatiladi. Ushbu davrda tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Issiq kunlarda qanday ovqatlanish kerak?
- Kecha, 16:54
- Salomatlik
Sog‘lom yurak – sog‘lom hayot
- 17/05, 23:52
- Salomatlik