Hafta o‘rtasida havo harorati ko‘tariladi
- 23.10.2023 16:35
- 37
- Samarqand
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, 24-25 oktyabr kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko‘tariladi va hafta o‘rtasiga kelib, kunduz kunlari +22...+25 daraja, janubda +27 daraja bo‘ladi.
26 oktyabrda respublika hududiga Volga bo‘yi hududlaridan nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Markaziy, janubiy va sharqiy hududlarda yomg‘ir yog‘adi, harorat +15...+20 darajagacha pasayadi.
27 oktyabrda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat +17...+22 daraja bo‘ladi.
Ushbu hafta davomida harorat kechalari +7...+12 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Teglar:
ob-havo
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Pullardagi hid nimadan kelib chiqadi?
- Kecha, 14:59
- O'qing, qiziq!
Ochiq turizm mavsumi boshlandi
- Kecha, 12:59
- Sport