O‘zbekistonga sovuq havo oqimi kirib kelmoqda
O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha ,11 oktyabrda respublikamizning shimoli-g‘arbiy hududlariga Qora dengiz hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda shamol tezligi kuchayadi. Havo harorati 12-17 darajagacha pasayadi.
12-13 oktyabr kunlari sovuq va nam havo massalari kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. 12 oktyabrda, shuningdek, 13 oktyabrda kechasi va ertalab respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 13 oktyabrda kunduzi faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi. Shamol tezligi ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 6-11, shimolda 2-7, kunduz kunlari 12-17 gacha pasayadi.
Respublikaning tog‘li hududlarida 12-13 oktyabr kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanadi) bo‘ladi.