Kelayotgan haftada ham yomg‘ir kutilayotgani aytildi
O‘zgidromet 18-20 mart kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, respublikaning ba’zi hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Jumladan, Samarqand viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 18 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 19 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-19 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq, 20 martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 19 martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 19 martda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.