"O‘zgidromet" chilla issig‘idan ogohlantirmoqda
- 08.06.2023 16:46
- 339
- O‘zbekiston
"O‘zgidromet" bergan ma’lumotga ko‘ra, bu yil ham "chilla"ning boshlanishi joriy yilning birinchi issiq to‘lqinlariga to‘g‘ri keladi.
Ayniqsa, 25-29 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi sababli maksimal havo harorati +40... +42 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +43... +45 darajagacha ko‘tariladi.
Meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari davomida eng issiq iyun oyida havo harorati ko‘pchilik viloyatlarda ba’zi joylarda +44.. +46 darajagacha, Qizilqum cho‘lida +47 darajagacha, respublikaning eng janubida +48... +49 darajagacha ko‘tarilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 22 iyundan 1 avgustgacha bo‘lgan qirq kunlik davr, xalq an’analariga ko‘ra, "chilla" yoki "saraton" deb ataladi.