"O‘zgidromet" yaqin uch kunda O‘zbekistonda havo harorati 40--45 darajagacha yuqori, so‘ngra salqin havo massasi kirib kelishi haqida ma’lumot berdi
17-19 iyun kunlari O‘zbekiston hududlari bo‘ylab havo harorati 40-41 darajagacha, janubda 42-45 darajagacha ko‘tariladi.
19 iyunda shimoliy hududlarga, 20 iyunda respublikaning barcha hududlariga Kavkazdan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi.
18 iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 19-20 iyunda O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha shamol tezligi ba’zi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 22-25 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
18-20 iyunda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. 19-20 iyunda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.
19 iyunda shimoliy hududlar, 20 iyunda respublikaning barcha hududlari bo‘yicha havo harorati 4-6 darajaga pasayadi.
Shuningdek, joriy yilning 18-21 iyun kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan, Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.