Dam olish kunlari havo harorati pasayadi
- 29.07.2022 15:33
- 80
- O‘zbekiston
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, dam olish kunlari O‘zbekistonda havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda, ammo hududlarning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi.
Faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda, 30 iyul shanba kuni Toshkent viloyatida va 31 iyul yakshanba kuni Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechalari +20...+23 daraja, kunduz kunlari +33...+36 daraja atrofida bo‘ladi.
Ushbu kunlarda janubda va cho‘l hududlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Samarqandda yomg‘ir kutilmaydi.