Dam olish kunlari havo harorati biroz pasayadi
- 14.07.2023 20:59
- 63
- O‘zbekiston
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun Kavkazdan kirib kelayotgan havo respublika hududi bo‘yicha harakatini davom ettiradi va barcha joylarda issiq zaiflasha boshlaydi. Kunduzi havo harorati +35...+39 darajani tashkil etadi, eng chekka janubda +41...+44 darajagacha bo‘ladi.
Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida harorat +33...+38 daraja atrofida bo‘ladi, faqat ba’zi joylarda +39...+40 darajaga yetadi.
15-16 iyul kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha asosan quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Teglar:
issiq havo
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ro‘zada narx oshmaydi
- Kecha, 18:52
- Samarqand
Inson salomatligi bilan bog‘liq afsonalar
- Kecha, 18:09
- O'qing, qiziq!
Seminar ziyorat bilan boshlandi
- Kecha, 17:53
- Samarqand
Topganimiz to‘yga buyurishi shart emas
- Kecha, 14:40
- Mutolaa