8 noyabrgacha tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel kelish, ayrim joylarda esa yomg‘ir suvlari to‘planish xavfi e’lon qilindi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligi taqdim etgan tezkor ma’lumotga ko‘ra, shu yilning 5-8 noyabr iyun kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining 0... -3 darajagacha tushib ketishi sababli respublikamizning ayrim joylarida shamol tezligi 18-23 m/s kilometr/soatgacha kuchayishi, kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Kutilayotgan yog‘ingarchilik sababli tog‘li va tog‘oldi hududlarda sel-suv hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor.

Shundan kelib chiqib, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yuzaga kelganda ularning oqibatlarini bartaraf etish hamda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida barchadan hushyorlik talab etiladi.

5-8 noyabr kunlari viloyat, shahar va tumanlar favqulodda vaziyatlar boshqarma va bo‘limlari hamda uning hududiy quyi tizimiga kiruvchi kuch va vositalarining 24 soatlik navbatchiligi tashkil etiladi.

Agarda joylarda sel va suv toshqini yoki yomg‘ir suvlari to‘planib qolishi bilan bog‘liq holatlar kuzatilsa, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining (66) 240-06-01, (66) 240-40-17 yoki 1050, 101 telefon raqamlari orqali tezkor boshqaruv markazining navbatchi-dispetcherlik xizmatiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.