Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, respublikamiz bo‘yicha shanba va yakshanba kunlari kechasi va ertalab harorat +3...+6 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi havo asta-sekin iliqlashadi va yakshanba kuni +17...+20 darajagacha isiydi.

Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, 14 oktyabrda kechasi va ertalab ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
15 oktyabrda ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.