O‘zbekiston hududiga iliq va nam havo massalari kirib keladi
- 26.01.2024 20:26
- 293
- O‘zbekiston

"O‘zgidromet" xabar berishicha, ertaga, shanba kuni respublikaga Turkmaniston hududidan iliq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. O‘zbekiston bo‘yicha faqat ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 0...-2 daraja sovuq, ayrim joylarda -5 daraja sovuq bo‘ladi. Kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi. Respublika shimolida kechasi -6...-11 daraja sovuq, kunduzi -2 daraja sovuq +3 daraja iliq bo‘ladi.
Yakshanba kuni respublikaning barcha hududlarida yomg‘ir kutilmoqda. Harorat kechasi 0...+5 daraja iliqni, kunduzi +8...+13 daraja iliqni tashkil etadi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Ushbu davrda respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, 28 yanvarda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi mavjud.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Sabrni turmush o‘rtog‘imdan o‘rgandim
- Kecha, 17:07
- Mutolaa
Aksiya: “Suv - hayot demakdir!”
- Kecha, 15:14
- Samarqand
Har kuni o‘rtacha 6 kishi yo‘lda vafot etyapti
- Kecha, 14:46
- Dolzarb
Vatani yo‘q odam hech kimi yo‘q odamdir
- Kecha, 14:32
- Mutolaa
Oila muhiti jamiyatning kayfiyati mezoni
- 11/07, 19:39
- Jamiyat