COP27: o‘nlab yil kutilgan kelishuvga erishildi
COP27 ishtirokchilari qashshoq mamlakatlarning global isish oqibati yo‘qotishlarini qoplash uchun fond yaratishga kelishib oldilar. Sharm al-Shayxdagi BMT iqlim konferensiyasining so‘nggi kunida YeI vakillari shunday taklif bilan chiqishdi.
Jamg‘arma tashkil etish masalasi bir qator rivojlangan mamlakatlar bosimi ostida o‘nlab yillar davomida qoldirilgan, ammo hozir unga ruxsat berildi. Biroq sammit natijalariga ko‘ra kelishuv loyihasi qazib olinadigan yoqilg‘ilarni rad etishni nazarda tutmaydi.
Eng kambag‘al mamlakatlarga "iqlim ziyonini" qoplash mexanizmlari bo‘yicha erishilgan kelishuv hali ham sammitda ishtirok etayotgan 200 ga yaqin davlat tomonidan bir ovozdan ma’qullanishi kerak.
Konferensiya davom etayotgan norozilik namoyishlari fonida bo‘lib o‘tdi. Ularning ishtirokchilari, agar insoniyat qaytarib bo‘lmaydigan iqlim o‘zgarishini to‘xtatmoqchi bo‘lsa, unda radikal choralar ko‘rish, jumladan, ushbu o‘n yillik yakuniga qadar atmosferaga chiqindilarni sezilarli darajada kamaytirish zarurligini ta’kidladilar.