AQShda noqulay ob-havo tufayli besh kishi halok bo‘ldi

Mamlakatning janubidan shimoli-sharqiga kelayotgan kuchli bo‘ron fronti AQShning bir qancha shtatlarida kamida besh kishining hayotiga zomin bo‘ldi, deb xabar bermoqda AP.

Kuchli shamol Texas, Luiziana, Alabama, Kentukki va boshqa bir qancha shtatlarda binolarga zarar yetkazgan, daraxtlar singan, kuchli yog‘ingarchilik va sovuqni olib kelgan.

PowerOutage.us monitoring xizmati ma’lumotiga ko‘ra, AQShning beshta shtatida milliondan ortiq iste’molchi elektr ta’minotisiz qolgan.

Kaliforniyada qor yog‘dirgan bo‘ron fronti bugun kechqurun ham kuchli yog‘ingarchilik kutilayotgan Yangi Angliya shtatlari tomon harakatlanmoqda.