COP15ning tarixiy kelishuvi: "Dunyo hech qachon bu darajada tabiatni muhofaza qilish maqsadiga ega bo‘lmagan"
Dushanba kuni BMTning biologik xilma-xillik konferensiyasida muzokarachilar qit’alar va okeanlarni himoya qilish hamda rivojlanayotgan mamlakatlarda biologik xilma-xillikni saqlash uchun muhim mablag‘ ajratish bo‘yicha katta kelishuvga erishdilar.
Monrealda konferensiya yoki COP15 yakunlanishidan bir kun oldin flora va faunaning ko‘plab turlarining tez yo‘qolishining oldini olish bo‘yicha shoshilinch choralarni belgilovchi kelishuvga erishildi.
Bitimning eng muhim qismi - 2030 yilgacha bioxilma-xillik uchun muhim hisoblangan yer va suvlarning 30 foizini himoya qilish majburiyatidir. Hozirgi vaqtda quruqlikning 17 foizi va dengiz hududining 10 foizi himoya ostida.
Jahon yovvoyi tabiat jamg‘armasining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, 1970 yillardan beri yovvoyi hayvonlar populyasiyasi o‘rtacha 69 foizga kamaygan. Tashkilotning qayd etishicha, bunday yuqori ko‘rsatkich inson faoliyati natijasidir.
"Dunyo hech qachon bunday miqyosda tabiatni muhofaza qilish maqsadiga ega bo‘lmagan", dedi jurnalistlarga "Tabiatni muhofaza qilish kampaniyasi" direktori Brayan O‘Donnell.