Tabiatda noyob hodisa: Jomboydagi qo‘riqxonada bizg‘aldoqlar suruvi ko‘rinish berdi

18 yanvar kuni "Zarafshon" milliy tabiat bog‘i hududida 53 boshdan iborat bizg‘aldoqlarning qishlash suruvi qayd etildi.

Bizg‘aldoq — O‘zbekistonning noyob qushi. O‘zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi"ga "zaif, qisqarib borayotgan o‘chib o‘tuvchi tur maqomi bilan kiritilgan. U Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi ro‘yxatiga kiritilgan.

Bizg‘aldoq soni 1960-1970 yillarda keskin qisqargan, ayni paytda esa barqarorlashmoqda. Uchib o‘tishda u yakka holda, kichik guruhlarda o‘tlar bilan qoplangan katta ochiq maydonlarda uchraydi. Kuzda bizg‘aldoq odatda yirik beda va paxta dalalariga qo‘nadi. Bahorgi uchib o‘tish mart-aprel oylarida, kuzgisi - oktyabr-noyabr oylarida bo‘ladi.

N.Marmazinskaya olgan suratlar.