Fuqarolarning bir kunda tabiatga qariyb 10,5 million so‘mlik zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi

Samarqand viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan joriy yil 24 dekabr kuni olib borilgan ekologik nazorat tadbirlarida fuqarolarning turli yo‘nalishlar bo‘yicha 23 ta qonunbuzarlik holatlarini sodir etgani aniqlandi.

Jumladan, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishni nazorat qilish sohasida 7, atmosfera havosini muhofaza qilish 9, suv ob’yektlarini  muhofaza qilish 2, yer va yer osti boyliklarini muhofaza qilish 1, o‘simlik dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha 4 ta qonunbuzilish holatlari kuzatildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan 10 million 458 ming 700 so‘m zarar hisoblangan. Qonunbuzar fuqarolarning barchasiga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, 11 million 150 ming so‘m jarima belgilandi va shundan 7 million 968 ming so‘m zarar undirildi.

Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.