O‘zboshimchalik bilan qum qazib olgan shaxs jarimaga tortildi
- 12.10.2020 19:20
- 330
- Samarqand
2020 yil 11 oktyabr kuni viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining davlat inspektorlari tomonidan Samarqand tumani hududida o‘tkazilgan navbatdagi reyd kuzatuv tadbirida "Darg‘om" kanali o‘zanidan noqonuniy tarzda qum qazib olinayotgani aniqlandi.
Xususan, shu tumanda yashovchi Sh.R. o‘ziga tegishli bo‘lgan "Draglayn" rusumli ekskavator yordamida tuman hududidan oqib o‘tuvchi "Darg‘om" kanali o‘zanidan qum qazib olib, yuk avtomashinalariga yuklab bergan. U bu xatti-harakati bilan "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi qonunning 18-moddasi, "Yer osti boyliklari to‘g‘risida"gi qonunning 35-moddasi talablarini buzgan.
Huqubuzarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Endi uning bu noqonuniy harakati uchun jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Samarqand viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 41 daqiqa avval
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- 41 daqiqa avval
- Mutolaa
Kanallarni betonlashtirish suvni 30 foizga tejaydi
- 49 daqiqa avval
- Dolzarb
Xotin-qizlar sportda bellashdi
- Bugun, 11:58
- Sport
Sudya va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
- Bugun, 11:51
- Samarqand