Samarqandda tabiatga zarar yetkazayotgan fuqarolar jarimaga tortildi
- 05.05.2020 10:51
- 496
- Samarqand
Samarqand viloyati Payariq tumani, Xo‘ja Ismoil mahallasi hududida fuqaro F.X. sut mahsulotlarini saqlaydigan idishlarni yuvib, chiqitli oqava suvlar bilan mahalliy ariqni ifloslantirganligi aniqlandi.
Tuman inspeksiyasi xodimlari unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 72-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirdi va 669.000 so‘m jarima qo‘lladi.
Shuningdek, Samarqand viloyati Narpay tumani, Umid mahallasida yashovchi fuqaro S.A. o‘z uyida hosil bo‘lgan qattiq maishiy chiqindilarni mahalla hududining belgilanmagan joyiga tashlaganligi uchun unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 91-prim 1-moddasiga asosan 111.500 so‘m jarima qo‘llanildi.
Bu xaqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xabar berdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Bugun, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Bugun, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa