Shotlandiyada sirli maxluq
Shotlandiyaning Lox-Nessi ko‘lidagi afsonaviy maxluq haqiqatan ham mavjudligi hali rasman tasdiqlanmagan. Shunday bo‘lsa-da, u haqida hamma eshitgan.
London aholisi esa Shotlandiyaga bormasdan turib ham boshqa sirli maxluqning sifatli suratini olishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu maxluq g‘oyat qo‘rqinchli bo‘lib, Temza daryosi suvlarida yashaydi. Bu qanaqa hayvon, o‘zi hayvonmi, hozircha bu aniqlangani yo‘q.
Taxminlarga qaraganda, bu bir necha yillar avval kadrga tushib qolgan mashhur “Temza anakondasi” emish. Go‘yoki 2022 yilda baliq ovlayotganlardan biri London markazida suv ostida ulkan ilon terisini tutib olibdi. Ushbu ilon terisini “Temza anakondasi”ga aloqasi bormi-yo‘qmi, hozircha jumboqligicha qolmoqda.
***
Isish ko‘chayotgani rostmi?
Biz hammamiz global isish, asriy muzliklar erishi jadallashayotgani, dunyoning turli burchaklarida havo harorati yuqori darajaga kutarilayotgani haqida eshityapmiz.

Ammo atrof-muhit bo‘yicha Yevropa agentligining aniqlashicha jarayon dunyoning boshqa joylariga qaraganda kuchliroq kechyapti ekan. Yevropada harorat o‘tmishdagi 100 yillik ko‘rsatkichga qaraganda keyingi yillarda o‘rtacha 2.3 daraja Selsiyga ko‘tarildi. Bu Yevropa Afrika yoki Amerikaga nisbatan ikki marta tez isyapti,degani.
O‘tgan yil butun Yevropada rekord darajada harorat ko‘tarilishi qayd etildi. Bu o‘rmon yong‘inlarini keltirib chiqardi. Gerlandiyada umuman qor yog‘madi, yomg‘irli London issiq va quyosh charaqlagan xududga aylandi. Bu esa ko‘pchilik davlatlarda o‘nlab milliard yevro moliyaviy yo‘qotishlarga olib keldi.
Tog‘aymurod Shomurodov tayyorladi.