AQShda shatdaun tufayli aviareyslar ommaviy bekor qilinmoqda

AQSh Transport vazirligi mamlakatdagi eng yirik 40 ta aeroportda reyslar sonini 10 foizga qisqartirishini ma’lum qildi, deb xabar berdi @nexta_live.

Hukumat faoliyati bir oydan ziyod vaqtdan beri to‘xtab turibdi — bu tarixdagi eng uzoq shatdaun bo‘ldi, hatto 2018 yilda Donald Trampning birinchi muddatidagi tanaffusdan ham uzoqroq.
Moliyalashning to‘xtashi sababli minglab aviadispetcherlar va xavfsizlik xizmatlari xodimlari maoshsiz ishlashga majbur, bu esa parvozlarni boshqarishda uzilishlarga sabab bo‘ldi.
Cheklovlar mamlakatning eng yirik havo xablariga — Nyu-York, Vashington, Chikago, Atlanta, Los-Anjeles va Dallas aeroportlariga ta’sir qildi. Jami 1,8 mingta reys bekor qilinadi.