AQShning Eronga aviatsiya zarbalari ehtimoli aytildi
- 02.02.2026 14:02
- 11
- Xorij
AQShning Eronga havo zarbalari berishi muqarrar emas. Bu haqda The Wall Street Journal amerikalik amaldorlarga tayanib xabar qiladi.
Pentagon ehtimoliy javob zarbalari va mojaro kengayishi xavfi tufayli Isroil, mintaqadagi AQSh qo‘shinlari hamda arab ittifoqchilarini himoya qilish uchun qo‘shimcha havo mudofaa tizimlarini joylashtirmoqda.
Agar bugun buyruq berilsa, AQSh faqat cheklangan aviatsiya zarbalari beradi. Keng ko‘lamli va hal qiluvchi hujum esa kuchli havo mudofaa tizimini tayyorlashni talab qiladi.
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchining ta’kidlashicha, AQSh bilan urush boshlansa, bu butun mintaqa uchun fojiaga aylanadi. Shu bilan birga, Tehron mojaroga tayyor ekanini, ammo urushni istamasligini bildirdi.
Avvalroq Eron rasmiylari AQSh tomonidan harbiy zarba berilsa, «misli ko‘rilmagan javob» qaytarilishini va nishonlar orasida AQSh, Isroil hamda ularning ittifoqchilari bo‘lishini ma’lum qilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Uchastka saylov komissiyalari a’zolari o‘qitildi
- 37 daqiqa avval
- Jamiyat
“Qari Navo” Navoiyning asari ekanligi aytiladi
- 38 daqiqa avval
- Maslahat