AQSh grin-karta dasturini to‘xtatishini e’lon qildi
- 19.12.2025 11:19
- 63
- O‘zbekiston
AQSh grin-karta dasturini to‘xtatmoqda, chunki Braun universitetida sodir etilgan otishmada gumonlanuvchi mamlakatga aynan shu dastur orqali kirgan. Bu haqda AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem ma’lum qildi.
«AQSh prezidenti Donald Trampning ko‘rsatmasiga binoan, men USCISga (AQSh fuqaroligi va immigratsiya xizmati) DV1 dasturlarini darhol to‘xtatishni buyuraman, toki bu zararli dastur tufayli amerikaliklarga yana zarar yetkazilmasin», deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Kristi Noemning aniqlashicha, Braun universitetidagi otishmani amalga oshirgan Klaudio Manuel Nevesh Valente 2017 yilda immigratsion vizalar xilma-xilligi dasturi orqali AQShga kirgan va grin-karta olgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
"Pakistanmas, O‘zbekiston!"
- Kecha, 22:51
- O‘zbekiston