"JCh-2026": Janubiy Afrika Respublikasi qaytdi, Kanada esa keyingi bosqichga chiqdi

Kanada terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatining pley-off bosqichida Janubiy Afrikani 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tgan bahsning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Uchrashuv taqdirini esa qo‘shimcha vaqtning ikkinchi daqiqasida Stiven Eushtakiu kiritgan yagona gol hal qildi.
Guruh bosqichida Kanada «B» guruhida, Janubiy Afrika esa «A» guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan edi. Har ikki terma jamoa o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqqandi.
Endi Kanada keyingi bosqichda bugun, 29 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Niderlandiya – Marokash uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Bugun, 29 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati pley-off o‘yinlari:
Braziliya — Yaponiya
Germaniya — Paragvay
Niderlandiya — Marokash.