Samarqandlik oshpazlar xalqaro tanlovda munosib ishtirok etdi

Xitoy Xalq Respublikasining Sindao shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida “Oshpazlar qiroli” xalqaro tanlovi tashkil etildi.

Ushbu nufuzli tanlovda Samarqand viloyati vakillari ham munosib ishtirok etdi. 

Tanlovda “Chempion osh” nomi bilan tanilgan mohir oshpaz Abdumannon Nusratov boshchiligidagi jamoa milliy taomlarimizni yuqori mahorat bilan namoyish etib, o‘zbek pazandachilik san’atining boy an’analari va betakror ta’mini xalqaro maydonda keng targ‘ib qildi. 

Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Myanma hamda Xitoy vakillari ishtirok etgan tanlov yakunida samarqandlik oshpazlar o‘zbek milliy taomlarini namoyish etishda alohida e’tirof etildi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

Mazkur xalqaro tanlov milliy gastronomik merosni targ‘ib etish, xalqlar o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash hamda O‘zbekistonning gastronomik turizm salohiyatini xalqaro miqyosda keng namoyon etishga xizmat qilmoqda.