Aborigenlar orasida besh yil

XIX asrdagi kema halokatidan omon qolgan ayol qissasi

Robinzon Kruzo voqeasi ko‘pchilikka tanish, ammo real hayot ba’zida har qanday fantastikadan ham ustunroq hikoyalarni taqdim etadi. XIX asrdagishunday sahifalaridan birida Barbara Krouford ismli yosh shotlandiyalik ayolning hayoti tushirilgan. U kema halokatidan so‘ng omon qolgan yagona ayol edi va bir necha yil Avstraliyaning shimoliy qirg‘oqlari yaqinidagi orollarning tub aholisi orasida yashadi.

O‘sha davrlarda kit ovlash sanoati odamlarga yaxshifoyda keltirardi, kit yog‘i esa o‘sha davrning "nefti" hisoblangan. Shunga qaramay, tadqiqotchilar, dengizchilar va sarguzashtishqibozlari bunday boyliklar uchun o‘zhayotlarini qurbon qilib, okeanning cheksiz kengliklariga izsiz g‘oyib bo‘lishgan.

Barbara Krouford 1820 yillarning oxirida (ba’zi manbalarda taxminan 1831 yilda) Shotlandiyada tug‘ilgan. Uning otasi yaxshi hayot ilinjida oilani Avstraliyaning janubi-sharqiy qismidagi Yangi Janubiy Uellsga ko‘chirishga qaror qildi.

1837 yilning iyul oyida muhojirlar kemasi bortida Sidneyga eson-omon yetib kelgan oila shaharning sanoat chekkasi hisoblangan Pirmontshahriga joylashdi, lekin yosh Barbara u yerda uzoq qolmadi. 1843 yilda u ota-onasining uyini tark etib, Moreton ko‘rfazidagi Brisben yaqinida uy xizmatchisi bo‘lib ishga kirdi. Tez orada u uni yollagan kapitan Uilyam Tompson bilan turmush qurdi. Turmush o‘rtog‘i Barbarani o‘zi bilan birgakema sayohatlariga olib chiqar va ular ikki yil davomida baxtli hayot kechirar edi.

Fojiaga olib kelgan voqealar zanjiri ClarenceAmerika kit ovlash kemasi Bampton hududidagi sayoz rifda turib qolganda boshlandi. 1845yilning yanvarida ko‘tarilgan kuchli bo‘ron shlyupkalarni ochiq dengizga olib chiqib ketdi. Kapitan va uning olti nafar ekipaj azosi suvga g‘arq bo‘ldi.

 

 

Barbara halokatdan omon qolgan yagona odam bo‘ldi. Bo‘ron bosilgach, kanoeda toshbaqa ovlayotgan bir guruh Kaurareg xalqi odamlari hayot uchun kurashayotgan yosh ayolni ko‘rib qolishdi. Orolliklar uni qutqarib, Muralug oroliga olib ketishdi. Ayolni o‘ljadagi o‘z ulushi deb da’vo qilgan Borotoismli erkak uni majburan o‘ziga xotin qilib oldi.

Garchi ko‘p ayollar unga berilgan e’tibor tufayli uzoq vaqt davomida hasad qilgan bo‘lsa-da, voqyealarning bir-biriga to‘g‘ri kelib qolishi tufayli Barbara jamoada nisbatan ijobiy baholandi: qabiladagi ayol rahbarlaridan biri oq tanli qiz uning yaqinda vafot etgan qizining reinkarnasiyasi ekanligiga ishonch hosil qilib,uni o‘z qanoti ostiga oldi va unga Gioma ismini berdi. Shu tarzda u qariyb besh yil qabila orasida yashadi.

Barbara har yili orol yaqinidan o‘tib ketadigan Yevropa kemalari e’tiborini jalb qilishga urinish taqiqlangan holda Torres bo‘g‘ozi qirg‘og‘ida aborigenlar orasida yashadi. Qutqaruvchilarining asirasi avvalgi hayotiga qaytish umidini hech qachon yo‘qotmagan. Qochishning iloji yo‘q, chunki u doimo boshqa ayollar orasida bo‘lishi, agar qochishga uringudek bo‘lsa, erkaklar ogohlantirilar edi. Bir necha yil o‘tib, nihoyat qulay imkoniyat paydo bo‘ldi.

1849 yilning 16 oktyabrida britaniyalikekspedisiya a’zolari toza suv zaxiralarini to‘ldirish maqsadida bu qirg‘oqqa chiqishdi. Ilmiy jamoa o‘sha paytdagi mashhur tabiatshunos Jon MakGillivray, rassom Osvald Uolters Briyerli va zoolog Tomas Genri Xakslilardan iborat edi.

 

Sohilga chiqqan britaniyalik dengizchilar tarqoq guruh aborigenlarga unchalik e’tibor bermadi. To‘satdan ayollardan biri shotlandiya aksyenti bilan buzuq ingliz tilida: “Men oq tanli ayolman, nega meni tashlab ketyapsiz?”, - dedi.

Britaniyaliklar terisi jazirama quyoshdan qorayib ketib, qabariq bo‘lib qolgan, kiyim-kechaklari esabarglardan iborat ayol bilan to‘qnash kelishganidahayratini yashirmadi. Dengizchilar unga erkaklar ko‘ylagini berdi va uni kapitanning oldiga olib bordi. Kanoeda kemaga yaqinlashgan Boroto Barbarani qaytarishni talab qildi, kema kapitani esa qolish yoki qolmaslik butunlay ayolning o‘ziga bog‘liq, deb javob berdi.

Kema bortida ayol qisman unutgan ona tilida so‘zlashar ekan, u olimlar bilan Torres bo‘g‘ozi orollari madaniyati, tili va urf-odatlari haqida bebaho ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi. Uning hikoyasi shov-shuvga sabab bo‘ldi, to‘plangan etnografik ma’lumotlar MakGillivrayning 1852 yilda nashr etilgan kitobining birinchi jildiga asos bo‘ldi.

Sidneyga qaytgan Barbara Krouford Tompson uzoq umr ko‘rdi va 1912 yilda (boshqa ma’lumotlargako‘ra 1916 yilda) vafot etdi. Uning qissasi omon qolish, aqlbovar qilmas ruh kuchi va bir-biridan ajralib turadigan xilma-xil dunyolar o‘rtasidagi misli ko‘rilmagan madaniy almashinuvning noyob namunasi sifatida tarixga kirdi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.