Evropa jazirama iskanjasida: Fransiyada rekord holat
96 departamentdan 72 tasida kuchli jazirama sababli xavfning eng yuqori darajasi e’lon qilingan. Bu mamlakat tarixidagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Ayrim hududlarda havo harorati +43°C gacha ko‘tarilishi mumkin, deb xabar berdi Fransiya milliy meteorologiya xizmati.
Mamlakat bo‘ylab kuzatilayotgan issiq to‘lqini nafaqat Fransiya, balki Ispaniyada ham havo harorati +44°C ga ko‘tarilmoqda, Italiyaning Rim, Milan, Turin va Florensiya kabi yirik shaharlarida qizil darajadagi ogohlantirish amalda. Buyuk Britaniya ham qizigandan qizimoqda.
Meteorologlar bu holatni Shimoliy Afrikadan kelgan juda issiq havo massalari va Yevropa ustida shakllangan «issiqlik gumbazi» bilan izohlamoqda. Maktablar vaqtincha yopilgan, temiryo‘l va jamoat transporti harakatida cheklovlar joriy etilmoqda.