O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel va suv toshqini xavfi e’lon qilindi

 «O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil 28 iyundan 3 iyulgacha kutilgan yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.
Xavf Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlarida prognoz qilinmoqda.

Mutaxassislar tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yashovchi aholi, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirmoqda.
Shuningdek, respublikaning ayrim hududlarida kuchli yomg‘irlar oqibatida yomg‘ir suvlari to‘planishi, pastlik joylarni suv bosishi ehtimoli ham mavjud.