Nurobodda 28800 dona pirotexnika vositalarini olib ketayotgan haydovchi aniqlandi
Bugun, 10 dekabr kuni Nurobod tumani Mehnatkash mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida tashkil qilingan nazorat to‘siq postida Samarqand viloyat IIB YHXB YPX 3-otryadi hamda Nurobod tumani IIB xodimlari tomonidan “Toshkent-Termiz” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan N.O‘. boshqaruvida bo‘lgan “Cobalt” rusumli avtomashinaning yukxonasi tekshirilganida, ushbu shaxs 48 blok, 480 quti 28800 dona “Treniya” pirotexnika vositalarini noqonuniy ravishda olib ketayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.