Nuroboddagi ikkita maktabning filiallari endi yangi binoda

Nurobod tumanining eng chekka Kattasoy va Chilhujra qishloqlarida 58- hamda 66-umumiy o‘rta ta’lim maktablarining filiallari yangi binoga ega bo‘ldi.

Bugungi kungacha har ikkala maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya berishda eski, ta’mirtalab binolardan foydalanib kelinayotgan edi. Endilikda, tuman mahalliy byudjetidan ajratilgan 149 million so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga har biri 40 o‘rinli, ikkitadan sinfxonaga ega maktab filiallarining yangi binolari qurilib, foydalanishga topshirildi.

Ushbu maktab filiali binolari o‘quvchilarning munosib sharoitlarga ega sinfxonalarda tahsil olishiga xizmat qilmoqda.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.