Oliy sudning Payariq tumanidagi sayyor qabulida 24 ta murojaat ijobiy hal qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining sayyor qabullar o‘tkazish haqidagi topshirig‘iga asosan, Oliy sud raisi o‘rinbosari I.Muslimov va sudyalar tomonidan 2020 yil 11 noyabr kuni Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi sayyor qabulda jami 59 ta fuqarolar qabul qilindi.

Qabul qilingan fuqarolarning 30 nafari jinoyat ishlari bo‘yicha, 21 nafari fuqarolik ishlar bo‘yicha, 7 nafari ma’muriy ishlar buyicha, 1 nafari iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarga oid murojaat qilgan.

Shundan 28 nafar fuqaroning og‘zaki murojaati, 31 nafar fuqaroning yozma murojaatlari qabul qilindi.

Jami 59 ta murojaatlardan 28 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 31 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib qanoatlantirildi.

7 murojaat bo‘yicha arizalar Oliy sud tomonidan nazorat tartibida va viloyat sudlari taalluqliligi bo‘yicha hal qilish uchun qabul qilindi. Ushbu murojaatlarning barchasi qanoatlantirilib, tegishli sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi.

24 ta murojaat quyidagicha ijobiy hal qilindi:

- jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shrabot tumani sudi tomonidan 4 ta, Ishtixon tumani sudi tomonidan 7 ta, Payariq tumani sudi tomonidan 6 ta murojaat ko‘rib chiqilib, 17 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi;

- 2 nafar fuqarolar tashakkurnoma bildirdi;

- 1 nafar murojaat joyida qanoatlantirilib, sudlanganlik holati tugatildi;

- shuningdek, 4 nafar shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar sayyor sud majlisida ko‘rildi. Ularning murojaati qanoatlantirilib, MJtKning 21-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikdan ozod qilindi.