Bu yil Payariqda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
2026 yilda tumanda qishloq xo‘jaligi hajmini 5,9 trillion so‘mga, sanoat hajmini 1,1 trillion so‘mga, xizmatlarni 2,3 trillion so‘mga, qurilish hajmini - 4,9 trillion so‘mga yetkazish rejalashtirilgan. 85,3 million dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtiriladi. Eksport ko‘rsatkichlari bo‘yicha 17,8 million dollar hajmga erishish maqsad qilingan.
Tumanda qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan mikrosanoat markazi, maxsus xizmat ko‘rsatish ko‘chalariga aylantiriladigan 2 ta markaziy ko‘chada 25 dan ortiq savdo va servis obektlari tashkil etiladi. Aholi punktlarida optik tolali aloqa liniyalari kengaytirilib, “Bir million sun’iy intellekt yetakchisi” loyihasi doirasida 1664 nafar yoshlar o‘qitiladi. Tumandagi 2167 nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish, yashirin ish o‘rinlarini legallashtirish orqali 1763 nafar aholi bandligini ta’minlanadi.
483 nafar kambag‘al oila a’zolariga dehqonchilik qilish uchun ijaraga yer ajratiladi.
IT Park rezidentlarining eksport hajmini 128,42 ming AQSh dollariga yetkazish, IT Park rezidentlari xizmatlari hajmini 2,15 milliard so‘mga yetkazish kutilmoqda.
2026 yilda 164,6 million dollarlik xorijiy investitsiya va kreditlar jalb qilinadi. Xo‘ja Ismoil mahallasida istirohat bog‘i tashkil etiladi.
Joriy yilda hududiy investitsiya dasturlari doirasida qiymati 68,1 million dollarlik 48 ta loyiha amalga oshiriladi. Sanoat yo‘nalishida qiymati 15,1 million dollar bo‘lgan 20 ta, xizmat ko‘rsatish sohasida qiymati 36,9 million dollarlik 24 ta loyiha, qishloq xo‘jaligida qiymati 16,1 million dollar bo‘lgan 4 ta loyiha amalga oshiriladi. Umuman, yil yakunigacha hududiy investitsiya dasturlari doirasida 48 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 593 ta ish o‘rni yaratiladi.
Tumanda 176 xonadonli 5 ta ko‘p xonadonli uy-joy barpo qilinadi, 3 ta ko‘p qavatli uy ta’mirlanadi. Choshtepa mahallasida 106 gektar yer maydoni “Urgut” EIZga biriktirilib, zarur infratuzilma bilan ta’minlanadi. Ko‘lto‘sin, G‘allakor, Nakurt va Do‘stlik mahallalarida 31,5 ming gektar lalmi yerda pistachilikni tashkil etish uchun 100 kVt quyosh panellari o‘rnatiladi, 50 dona artezian qudug‘i qaziladi. Go‘zal mahallasidagi markaziy istirohat bog‘i zamonaviy ko‘rinishga keltiriladi. Tuman markaziga keluvchi avtomobil yo‘li bo‘yida tadbirkorlik subektlari va yo‘l bo‘yi xizmatlarini tashkil etish uchun hududni zarur infratuzilma bilan ta’minlash maqsadida 11 kilometr avtomobil yo‘li ta’mirlanadi. 10 ta ijtimoiy soha obekti – jumladan, 5 ta umumta’lim, 1 ta maktabgacha ta’lim, 4 ta sog‘liqni saqlash obekti rekonstruksiya qilinadi. Imom Buxoriy majmuasi hududini aylanib o‘tish uchun 4,6 kilometr yangi avtomobil yo‘li quriladi.
Pay kanalining 14,8 kilometr qismi to‘liq rekonstruksiya qilinadi, Qalandar kollektorining 1,4 kilometri yopiq-yotiq drenaj tarmog‘iga aylantiriladi. Yangi to‘qqiz kollektorining 1,3 kilometr qismi betonlashtiriladi.
Tuman markazida aholiga qulaylik yaratish maqsadida 49 dona transformator yangilanadi, 165 kilometr SIP kabel tarmog‘i tortiladi, 2950 dona tayanch ustunlar o‘rnatiladi.
Chelak shaharchasi markaziy Zarafshon trakti o‘ng qirg‘og‘i avtomobil yo‘lining 29-33 kilometri oralig‘ida tranport vositalari harakatini cheklash hamda aylanma yo‘l qurish orqali tunu kun ishlaydigan ko‘chaga aylantirish uchun 2 kilometr avtomobil yo‘li asfaltlanadi, 4 kilometr piyodalar va velo yo‘laklar quriladi, chiroqlar o‘rnatiladi.
Farovon mahallasidagi 2-maktabgacha ta’lim muassasasi yashil tamoyillar asosida rekonstruksiya qilinadi. Umumfoydalanuvdagi 33,6 kilometr, tuman darajasidagi 72,5 kilometr yo‘llar ta’mirlanadi. Tegishli dasturlar va ichki moliyaviy imkoniyatlar hisobidan 3 ta inshoot hamda 4 kilometr ichimlik suv tarmog‘i quriladi va rekonstruksiya qilinadi.
Tumanda qoramolchilikni rivojlantirish yo‘nalishida 15,3 milliard so‘mlik loyihalar amalga oshiriladi va 74 ta chorvachilik fermer xo‘jaligida go‘sht (tirik vaznda) ishlab chiqarish 16 ming tonnaga, sut ishlab chiqarish 153,4 ming tonnaga yetkaziladi. Paxtachilikda zamonaviy ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy qilish maqsadida 2742 gektar maydonda “Shinjon” usulida chigit ekiladi. Tumanda meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi ko‘paytirilib, 15,76 ming dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari eksporti ta’minlanadi. Yil davomida 2645 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar qo‘llanadi.
Tumandagi umumta’lim maktablariga xorijiy pedagoglar jalb qilinadi, B2 darajasidagi sertifikatga ega mahalliy xorijiy til o‘qituvchilari ulushi 78,3 foizga, yangi baholash tizimi joriy etiladigan maktablar soni 21 taga yetkaziladi. Ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi binosi ta’mirlanadi.
Tibbiyot yo‘nalishida 40 va undan katta yoshdagi 73715 nafar aholi qandli diabet kasalligi bo‘yicha ommaviy skriningdan o‘tkaziladi, bolalarda onkogematologik kasalliklarni erta aniqlash maqsadida har chorakda skrining tashkil etiladi.
Yil davomida 6 ta mahalla binosi ta’mirlanadi va rekonstruksiya qilinadi, 53 ta mahalla binosiga quyosh panellari o‘rnatiladi, 18 ta mahallada 18 kilometr “Salomatlik yo‘lagi”, 30 ta mahallada kutubxonalar tashkil etiladi. 686 nafar xotin-qiz kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitiladi, 3662 nafar xotin-qizning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashiladi. Davlat tomonidan 8 nafar ehtiyojmand xotin-qizda maxsus jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Qishloq xotin-qizlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xalqaro loyihalar amalga oshiriladi.