Payariqda mikrosanoat markazi tashkil etiladi
- 17.03.2026 19:42
- 63
- Samarqand
Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan Payariq tumanini 2026 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar va tadbirlar rejasini tasdiqladi.
Unga ko‘ra, tumanda joriy yilda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni oshirish borasida aniq maqsadlar belgilangan. Jumladan, qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “mikrosanoat markazi” tashkil etiladi. 3 ta kichik sanoat zonasidagi 6,6 gektar bo‘sh yer maydoniga 11 ta yangi loyiha joylashtirilib, 16,5 milliard so‘mlik qo‘shimcha sanoat hajmi yaratiladi.
Tumanda 5 ta 176 xonadonli ko‘p qavatli uy-joy barpo etilib, 3 ta ko‘p xonadonli uy, 72,5 kilometr ichki yo‘l ta’mirlanadi. 32,1 kilometr havo tarmog‘ini qurish va modernizatsiya qilish va 434,4 kilometr elektr tarmog‘ini joriy va 206,2 kilometr elektr tarmog‘ini mukammal ta’mirlash, transformator punktlarining 152 donasini joriy, 94 tasini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Yangi loyiha — “Tamaddun tafakkuri”
- Kecha, 09:43
- Jamiyat
Uch hayrat
- 22/03, 13:42
- Jamiyat
Ezgu maqsadlar mushtarak bo‘lgan tashrif
- 22/03, 09:33
- Dolzarb