O‘simliklar klinikasi dehqonga qanday yordam beradi?

Prezidentimizning 2018 yil 28 martdagi “O‘simliklar karantini bo‘yicha xizmat foliyatining samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida joylarda o‘simliklar klinikalarini tashkil etish belgilangan. Ularning faoliyat ko‘rsatishiga oid davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 sentyabrdagi “O‘simliklar  klinkalari faoliyatini  tashkil etish to‘g‘risida”gi va viloyat hokimligining 2018 yil 21 sentyabrdagi qarorlari ham qabul qilindi.

Unga ko‘ra, o‘simliklar klinikalarini rekonstruksiya qilish, bo‘sh turgan binolarni “Nol” qiymatda berish, har bir tumanda bittadan shunday klinikalar tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Hozirgacha 15 ta shahar va tumanda davlat-xususiy sheriklik shartlarida o‘simliklar klinikalari ochilib, dehqon, fermer xo‘jaliklari, bog‘dorchilik va issiqxonalarda o‘simliklarga agrotexnik biologik va kimyoviy vositalar yordamida o‘simlik zararkunandalari va kasalliklarga qarshi feramon tutqichlar, biomahsulotlar, gerbetsid, fungitsidlar, biopriparatlar bilan ishlov berilmokda.

O‘simliklar klinikalaridan olinayotgan priparatlar kartoshka kuyasiga qarshi Indoksomektin 05-07 gramm 1 gektarga 200-300 litr suvga, Protik 03-05 gramm 1 gektar 250-300  litr suvga, Intospan 015-020 gramm 1 gektarga 250-300 litr suvga, Imidor 015-020 gramm 200-300 litr suvga aralashtirib qo‘llaniladi. Kaporod kasalliklari bo‘yicha Mospilan, Siraks, Regent, Adonis Konfifor Karate, Vrtemiik dorisi, meva bog‘larga Agrofos 0,5-1,0 kilogramm 300 litr suvga, Tvingo 0,5-0,8 kilogramm 200-250 litr suvga, Fosital 2-3 kilogramm 1 gektarga Intoxlorog 2-4 kilogramm 1 gektarga, Duyut ekstro 0,3 kilogramm 1 gektarga, Kontor 0,5 250-300 litr suvga, Mediya 08-1,2 kilogramm 250-300 litr suvga, Nurel Insigar Proklim Karate, Match dorilari qo‘llaniladi. Issiqxonalarga Into mektin 0,4 kilogramm 1 gektarga 300 litr suvga, Intolucho 0,5 kilogramm 1 gektarga 250 litr suvga, Intoxlarok plyus 2 kilogramm 1 gektarga 250 litr suvga, Intrivekur 2 litr 1 gektar  pomidor kuyalariga Kapito Tokumi Oplovudok pashaga qarshi kurash ishlari amalga oshirilmokda.

Akram FOZILOV,

viloyat o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi matbuot kotibi.