"Oskar-2023" g‘oliblari e’lon qilindi
Rejissyor Den Kvan va Daniel Shaynert tomonidan suratga olingan "Hammasi hamma joyda va birdaniga" filmi “Eng yaxshi film” nominatsiyasida “Oskar”ni qo‘lga kiritdi.
Kartina eng yaxshi rejissyor, eng yaxshi original ssenariy va montaj uchun mukofotni qo‘lga kiritib, haqiqiy g‘olibga aylandi. IGN sanoat portali ma’lumotiga ko‘ra, "Hammasi hamma joyda va birdaniga" filmi jami 158 ta mukofotga sazovor bo‘lgan.
Bundan tashqari, yetakchi aktrisa Mishel Yeo eng yaxshi aktrisa sifatida haykalchani qo‘lga kiritdi. Filmdagi ikkinchi darajali rollar uchun Jeymi Li Kertis va Ke Xui Kvan eng yaxshi deb topildi.
Film xitoylik immigrant kirxona egasi haqida bo‘lib, u soliq idorasiga safari chog‘ida parallel olamlar o‘rtasida sayohat qila olishini bilib oladi.
Bu yil “Eng yaxshi film” mukofoti uchun yana o‘nta film, jumladan, Stiven Spilbergning “Fabelmans”, Jeyms Kemeronning “Avatar: suv yo‘li”, Edvard Bergerning “G‘arbiy frontda tinchlik” va Sara Pollining “Ayollar suhbati”, Todd Fildning “Tar” filmi sazovor bo‘ldi.
Brendan Freyzer Darren Aronofskiyning “Kit” filmi uchun - "Eng yaxshi aktyor" nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
Eng yaxshi xorijiy badiiy film – "G‘arbiy frontda tinchlik" (Germaniya) filmi shuningdek kinematografiya, original saundtrek va prodyuser dizayneri uchun mukofotlarga sazovor bo‘ldi.
Eng yaxshi hujjatli film – HBO telekanalining “Navalniy” loyihasi rejissyor Daniel Royer.
Eng yaxshi animatsion film – “Pinokkio Gilermo Del Toro”.