O‘zbek-qozoq chegarasini kesib o‘tish uchun qalbaki hujjatlarni sotgan hamshira qo‘lga tushdi

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida IIV tergov boshqarmasi harbiy-tergov bo‘limi tibbiy hujjatlarni qalbakilashtirish va sotish bilan shug‘ullangan uch nafar kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Turkiston viloyatida hamshira qozoq-o‘zbek chegarasini kesib o‘tish uchun soxta hujjatlarni sotish bilan shug‘ullangan.

Soxta taklifnoma bilan go‘yo Qozog‘iston tibbiyot muassasalarida davolanish uchun chegaradan o‘tish mumkin edi. Firibgarlar bunday taklifnomani 3-8 ming tangadan sotishgan.
Gumonlanuvchi uyi va ishxonasida oldindan muhr bosib qo‘yilgan 1 266 dona tibbiy blankalar aniqlandi. Unga ikki nafar sherik yordam bergan.

Gumonlanuvchilarga 1,6 million tanga (27,5 ming dollar) miqdorida jarima yoki 4 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishi mumkin.