O‘zbekiston va Iroq tadbirkorlari xalqaro ko‘rgazmasi: Mahsulotlarimizga qiziqish ortyapti

Bag‘dod shahrida mamlakatdagi eng yirik xalqaro ko‘rgazmalardan biri - “Baghdad International Fair” bo‘lib o‘tmoqda.

1-7 fevralga mo‘ljallangan ushbu yirik ko‘rgazmada mamlakatimiz ishbilarmonlari ham o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Savdo-sanoat palatasi ko‘magida 1000 kvadrat metr maydonda tashkil etilgan “Made in Uzbekistan” milliy stendi orqali mahalliy mahsulotlarimiz xalqaro mehmonlar, xaridorlar va biznes hamkorlar e’tiborida.

Milliy ekspozitsiyada viloyatimiz ishlab chiqaruvchilari ham o‘z mahsulotlarini bevosita chet ellik xaridorlarga taqdim etib, yangi aloqalar va eksport imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.

Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu nufuzli ko‘rgazmada viloyatimizdagi "AZIA METALL PROF" LLC, NASSAR TRADING AGRO LLC, "NAVOBOD NASILLI PARRANDA" FX, "INTERAGRO ZO‘R PANEL", "BARAKAT WITH MIR" LLC, SAM RAFOAT TEKSTIL LLC, "SAMARKAND-ENGLAND ECO-MEDICAL" LLC, "SAM FERRE" LLC, "AYYUB NATURAL DRY FRUITS EXPORT" MChJ, "SAM IDEAL MILK" MChJ, "SAM ELEKTRO SERVIS" MCHJ, “KUMUSH TOLA” XK, SAM RAFOAT TEKSTIL LLC, SHELF VOSTOK kabi yirik ishlab chiqarish korxonalari o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda.
Ko‘rgazmada xorijiy hamkorlarda oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari katta qiziqish uyg‘otmoqda.