Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida o‘zaro hamkorlik doirasida qanday hujjatlar imzolandi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Qo‘shma bayonot imzoladilar.

Unda tomonlarning o‘zaro manfaatli hamkorlikni turli sohalarda har tomonlama mustahkamlash hamda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklikni mazmun jihatidan boyitishga intilishi tasdiqlangan.

Yetakchilar huzurida quyidagilar imzolandi:

– O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o‘rtasida texnik-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o‘rtasida inson resurslarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o‘rtasida davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari hamkorligi to‘g‘risida bitim;

– O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi o‘rtasida xitoy tilini o‘qitish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Bojxona bosh boshqarmasi o‘rtasida O‘zbekistondan Xitoyga no‘xat eksport qilishda fitosanitar talablar va nazorat to‘g‘risida bayonnoma;

– O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Islohotlar va rivojlanish davlat qo‘mitasi o‘rtasida Xitoy – Markaziy Osiyo – Yevropa temir yo‘l ekspresslari bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida bayonnoma;

– O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi o‘rtasida yangi elektr transport vositalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bayonnoma;

– O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va qishloq masalalari vazirligi o‘rtasida kambag‘allikni qisqartirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida ahdlashuv bayonnomasi;

– O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Fan va texnologiyalar vazirligi o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlikni yanada mustahkamlash to‘g‘risida hamkorlik bayonnomasi;

– O‘zbekiston Respublikasi Texnik tartibga solish agentligi va Xitoy Xalq Respublikasi Standartlashtirish ma’muriyati o‘rtasida standartlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

– O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Xitoy fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi o‘rtasida “Havo ipak yo‘li”ni birgalikda barpo etish to‘g‘risida kelishuv;

– O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi va Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi o‘rtasida 2024-2026 yillarda turizm sohasidagi hamkorlik rejasi;

– Toshkent viloyati va Shensi muzofoti o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim;

– Samarqand va Sindao shaharlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim va boshqalar.