Samarqandda chiqindilarni qayta ishlovchi korxona barpo etilmoqda
- 13.02.2026 12:18
- 0
- Samarqand
Viloyat chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat kengashi xodimlari Samarqand shahrida Xitoyning “Shanghai SUS Environment” kompaniyasi tomonidan barpo etilayotgan inshootdagi qurilish ishlarining borishi, sifat va samaradorligi bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida xitoylik mutaxassislar kuniga 1,5 ming tonna chiqindini termik usulda qayta ishlashga ixtisoslashgan, 150 million AQSh dollari mablag‘ evaziga 8 gektar yer maydonida qurilayotgan zavodning imkoniyatlari, yaratiladigan yangi ish o‘rinlari xususida ma’lumot berishdi.
Zavod to‘la quvvat bilan ishlaganda 240 million kVt elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat kengashi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Bobur Vatanga intilur
- Bugun, 09:45
- Madaniyat
Ramazon rahmat, mag‘firat va najot oyi
- Bugun, 07:46
- Madaniyat