O‘zbekistonda 832 mingga yaqin koronavirus testi o‘tkazildi

Bu haqda bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi:

Epidemiologik vaziyat noxush bo‘lgan davlatdan kelganlar — 46 812 nafar. Ulardan:

- uy sharoitida karantinda — 23 153 nafar;

- statsionar sharoitda — 23 659 nafari ustidan tibbiy nazorat o‘rnatilgan.

Virusologik laboratoriyada oxirgi bir kunda — 17 798 ta, epid mavsum davomida — 831 642 ta test sinovlari o‘tkazilgan.

Hozirga qadar mamlakatimizda koronavirusga chalinganlar — 4547 nafar. Sog‘ayganlar — 3459 nafar (76 %). Davolanmoqda — 1070 nafar.